Zamira Hidoyatova

Aktyor
Zamira Hidoyatova
Tavallud sanasi:
5.01.1909
Vafot sanasi:
28.02.1998

O‘zbek teatri jonkuyarlaridan biri, taniqli aktrisa. U yaratgan onalar obrazlari sodda va kamtar, mehribon va g‘amxo‘r, samimiy va yoqimtoylik fazilatlari bilan tomoshabinni lol qoldirardi. Agar u sahnada ona obrazini ijro etayotganda tomoshabinlarda shunday tuyg‘u paydo bo‘ladiki, go‘yo sahnada Zamira Xidoyatova emas, balki tipik o‘zbek onasining samimiy siymosi gavdalanib turganday bo‘lardi.

O‘zbek teatri jonkuyarlaridan biri, taniqli aktrisa Zamira Hidoyatova 1909 yilda Toshkentda tug‘ilgan. U 1924-1927 yillar mobaynida Moskva o‘zbek drama studiyasida ta'lim olib, san'atning nozik qirralaridan xabardor bo‘lgach, 1927 yildan «Ishchi sayyor» truppasida, 1932 yildan to 80-yillargacha Hamza nomidagi O‘zbek Davlat akademik drama teatrida yetakchi aktrisa sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

30-yillardan teatr san'atiga oshno bo‘lgan Zamira Hidoyatova yarim asrdan ziyod davrda yuzdan ortiq hayotiy, tabiiy va betakror obrazlar yaratib, o‘zbek teatr san'ati rivojiga munosib hissa qo‘shdi. Uning talqinida muxlislar nigohida muhrlangan F. Shillerning «Makr va muhabbat»idagi Milfordxonim, A. Ostrovskiyning «Momaqaldirog‘»idagi Kabanixa, Oybekning «Qutlug‘ qon»idagi Gulsum, Abdulla Qahhorning «Shohi so‘zana»sidagi Hamrobibi kabi rang-barang va turli xarakterga ega bo‘lgan obrazlar aktrisaning ko‘p yillik ijodiy mehnati va izlanishlarining samarasi bo‘ldi.

O‘zbek teatr san'atida ona obrazini gavdalantirishda Zamira Hidoyatovaga teng keladigan aktrisani topish qiyin, albatta. U yaratgan onalar obrazlari sodda va kamtar, mehribon va g‘amxo‘r, samimiy va yoqimtoylik fazilatlari bilan tomoshabinni lol qoldiradi. Agar u sahnada ona obrazini ijro etayotganda tomoshabinlarda shunday tuyg‘u paydo bo‘ladiki, go‘yo sahnada Zamira Xidoyatova emas, balki tipik o‘zbek onasining samimiy siymosi gavdalanib turganday bo‘lardi.

Spektaklni tomosha qilayotgan har bir tomoshabinning xayolidan beixtiyor «Qani endi, barcha onalar ham shunday g‘amxo‘r va mehribon bo‘lsa», degan fikr o‘tardi. Aktrisa ijrosidagi Xamzaning «Boy ila xizmatchi» dramasidagi Hoji ona, K. Yashin va A. Umariyning «Hamza» asaridagi Xosiyat, Izzat Sultonving «Imon» dramasidagi Risolat obrazlari turli dunyoqarashga, turli xarakterga va kiyofaga ega bo‘lgan onalarning tipik obrazlaridir.

Lekin aktrisa ularda bir umumiylikni - onalarning o‘z farzandiga bo‘lgan beg‘ubor va buyuk g‘amxo‘rligini, tog‘day mehrini, bag‘ri kengligini juda ishonchli, hayotiy tarzda ko‘rsata olgan. Aktrisaning katta mahorati xam, o‘ziga xos individual, betakror xususiyati ham, avvalo shular bilan belgilanadi va qadrlanadi.

Zabardast san'atkor Zamira Hidoyatovaning fidoiy mehnati, mazmunli va ibratli ijodiy faoliyati 1944 yilda «O‘zbekiston xalq artisti» faxriy unvoni bilan munosib taqdirlangan.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/hidoyatova_zamira_
Sayt foyda berdi!
87594 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi